Fransuz tili, rus tili, adabiyot, literatura, ona tili, din tarixi, geografiya, ingliz tili, fizika, biologiya, rus tili, nemis tili, jahon tarixi, geometriya, kimyo, algebra, o’zbekiston tarixi fanlaridan 9 — sinflar uchun yillik ish rejalar to’plami. Telegram dasturining ish_reja kanalidan olindi. 9 — sinf ish rejalar_sadikov.uz

Davlat maktablari o’quvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formalarining shakllari tasdiqlandi deb xabar beradi Xushnudbek o’zining telegram kanalida.

ESLATMA:
👉 2018/2019 o’quv yilidan boshlab o’quvchilarning ushbu maktab formalarida kelishlari ixtiyoriy;
👉 2019/2020 o’quv yilidan boshlab esa majburiy hisoblanadi;
👉 Ushbu yagona maktab formasining shakllari xususiy maktablar, ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari va maktab-internatlari, ixtisoslashtirilgan olimpiya zahiralari maktablari va maktab-internatlari uchun tatbiq etilmaydi;
👉 O’quvchilar tomonidan maktab formasini kiyishda quyidagi talablarga rioya etilishi lozim:
— kiyimlarning o’ta tor yoki o’ta keng bichimda bo’lmasligi;
— qizlar uchun yubkaning uzunligi tizzadan 5-15 sm pastda bo’lishi;
— o’g’il bolalar uchun shimning uzunligi oyoq to’pig’idan pastda bo’lishi;
— oyoq kiyimlar poshnasining 3 santimetrdan baland bo’lmasligi;
— ko’ylakning eng yuqoridagi faqat bitta tugmasidan tashqari boshqa tugmalarning qadalgan bo’lishi;
— kiyimlarning toza va dazmollangan bo’lishi.
👉 O’quvchilar ta’lim muassasasi binosi ichida bosh kiyimsiz yurishlari lozim, ta’lim muassasasida o’tkaziladigan turli tadbirlar jarayoni bundan mustasno;
👉 O’zbekiston Respublikasida aholi turli millat va diniy konfessiyalar vakillaridan iboratligi hamda majburiy umumiy o’rta ta’lim dunyoviy xarakterga egaligi munosabati bilan o’quvchilarning maktab formasiga turli din va konfessiyalar xamda turli submadaniyatlarga mansublikni aks ettiruvchi elementlarni (hijob, kipa, kashaya, xoch va boshqalar) qo’shishga yo’l qo’yilmaydi;
👉 qishki o’qish davrida o’quvchi qizlarga yagona maktab formasiga mos shim kiyishga ruxsat beriladi;
👉 O’quvchilarning maktab formasini kiyish tartibiga rioya qilmaslik ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalarini buzish deb baholanadi va bunday o’quvchilarga quyidagi choralar qo’llanishi mumkin:
— ogohlantirish;
— kundalik daftariga qayd etish;
— tushuntirish ishlarini olib borish uchun ota-onasini xabardor qilish;
— fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari va ta’lim muassasasidagi yig’ilishlarda ota-onalar ishtirokida muhokama qilish.
Asos: Davlat umumiy o’rta ta’lim muassasalari o’quvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formasini joriy etish tartibi to’g’risidagi nizom

 

Manba: https://t.me/xushnudbek

2017 — 2018 o’quv yilida umumiy o’rta ta’lim maktablarining 5, 6, 7, 8, 9 va 10 sinflari uchun barcha fanlardan nazorat imtihoni bo’yicha materiallar va metodik tavsiyalar.

5-sinf imtihon biletlari

6-sinf imtihon biletlari

7-sinf imtihon biletlari

8-sinf imtihon biletlari

9-sinf imtihon biletlari

10-sinf imtihon biletlari

 

Hozirgi kunda ayrim maktab ingliz tili o’qituvchilariga qo’yilgan talablardan biri bu Kichik akademiya ni tashkil qilishdir. Kichik akademiyaning asosiy vazifasi bu ta’lim muassasasidagi ingliz tili fanidan iqtidorli o’quvchilarni tanlab olib, ularga o’qituvchini biriktirgan holda mazkur o’quvchini bilimini, iqtidorini namoyish etishga imkoniyat yaratishdir. Men ham maktabimiz Kichik akademiyasining a’zosiman va qo’ldan kelgancha menga biriktirilgan o’quvchi bilan ishlab kelmoqdaman. Quyida, hamkasblarim uchun kichik akademiyaning xujjatlarini taqdim qilmoqchiman.

 

http://sadikov.uz/news/kichik-akademiya-xujjatlari

Aziz hamkasblar. Bugun sizlarga -aynan geografiya fani o’qituvchilari uchun 34 soatlik tugarak konspektni taqdim qilmoqchiman. Manzkur xujjat telegramdagi o’qituvchi kanalidan olindi.

Geografiya tugarak 34 soatlik. sadikov.uz

Aziz hamkasblar. Quyida sizlar uchun turli fan o’qituvchilariga mo’ljallangan attestasiya savollarini va javoblarini taqdim qilmoqchiman.
           

« Older entries