2016-yil «Soglom ona va bola» yili

soglom-ona-va-bola5 dekabr kuni Toshkentdagi “O’zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganining 23 yilligiga bag’ishlangan tantanali yig’ilish bo’lib o’tdi. Unda davlat va jamoat arboblari, fan, madani t va san’at namoyondalari, poytaxt jamoatchiligi, mamlakatimizda faoliyat ko’rsatayotgan xorijiy davlatlarning elchixonalari va xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari vakillari ishtirok etdi.

Yig’ilishda O’zbekiston prezidenti Islom Karimov tantanali yig’ilishda ma’ruza qildi.

Tabdirda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov kirib kelayotgan yangi – 2016 yilni mamlakatimizda Sog’lom ona va bola yili deb E’lon qilishni taklif etdi.

Ma’lumot uchun, O’zbekistonda 1997 yildan boshlab har bir yilga shu davr ichida taraqqiyotning muhim yo’nalishlarini ifoda etadigan nom berish an’anaga aylangan. 1997—2015 yillar oralig’ida yillarga quyidagicha nom berilgan:

1997 yil — Inson manfaatlari yili

1998 yil — Oila yili

1999 yil — Ayollar yili

2000 yil — Sog’lom avlod yili

2001 yil — Onalar va bolalar yili

2002 yil — Qariyalarni qadrlash yili

2003 yil — Obod mahalla yili

2004 yil — Mehr va muruvvat yili

2005 yil — Sihat-salomatlik yili

2006 yil — Homiylar va shifokorlar yili

2007 yil — Ijtimoiy himo yili

2008 yil — Yoshlar yili

2009 yil — Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili

2010 yil — Barkamol avlod yili

2011 yil — Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili

2012 yil — Mustahkam oila yili

2013 yil — Obod turmush yili

2014 yil — Sog’lom bola yili

2015 yil — Keksalarni e’zozlash yili

Manba: kun.uz