Март 2016

You are currently browsing the monthly archive for Март 2016.

Kamina 25, 26 mart kunlari maktabimizda direktorimiz Suyarova S. Z. va ma’naviyat bo’yicha direktor o’rinbosari Turopov F. tomonidan rejalashtirilib amalga oshirilgan o’quv amaliy seminarda qatnashishga muvaffaq bo’ldim. Mazkur mashg’ulotlarda FVV mayyori Jo’rayev G’ayratjon bizga turli xil xavfli vaziyatlarda o’quvchilarimiz va o’zimizni qanday qilib asrashimiz kerakligi haqida keng tushuntirish ishlari olib bordilar.

Mazkur mashg’ulotlardan o’rgangan ma’lumotlarim shu bo’ldiki:

  • har qanday maktab o’qituvchisi o’quvchilar uchun xavfsizlik masalasi bo’yicha rasmlar tanlovi o’tkazib, o’quvchilarga bunday hollarda nima qilish kerakligini o’qtirishimiz kerakligi;
  • zilzila, o’t chiqishi va boshqa xavfli vaziyatlarda qanday qilib xavsizlikda qolish va o’zini yo’qotib qo’ymaslik bo’yicha bir yilda bir marta o’quvchilarga tushuntirish ishlarini olib borish;

va shunga o’xshash ma’lumotlarga ega bo’ldim. Fursatdan foydalanib shu o’quv amaliy mashg’ulotni tashkil qilgan mutasaddi rahbarlarga o’z minnatdorchiligimni bildirib qo’ymoqchiman.

O’zim haqimda: Kamina 2013 yil Avgust – Sentabr oylarida ya’ni 3 oy davomida ITEC dasturi bo’yicha sinovlaridan muvaffaqiyatli o’tib Hindistonning Haydarobod shtatida “Communication in English, tourism and hospitality management” kursi bo’yicha malaka oshirib qaytdim. Mazkur kurs menda ajoyib taasurotlar qoldirib, dunyoning 33 mamlakatidan kelgan 100 dan oshiq nomzodlar bilan 3 oy davomida muloqotda bo’lishga muvaffaq bo’ldim. Mazkur kurs orqali dunyoqarashimni oshirib, Hindiston haqida tasavvurlarim haqiqatga aylandi.

Read the rest of this entry »

Darsda  pedagogik   metodlar

Boshlang’ich   sinfda  dars davomida  o’quvchilar  bilim samaradorligini oshirish uchun matematika,  ona  tili,  o’qish fanlaridan  pedagogik texnalogiyalarni nazariy  va amaliy  tarzda  olib boorish  muhimdir.  Boshlang’ich  sinf  fanlarida  dars  davomida  qo’llanishi  mumkin  bo’lgan interfaol metodlar,  qiziqarli  o’yinlar  va didaktik  o’yinlar  o’quvchilarni  mustaqil  fikrlashga  undaydi, bilim  olishni  faollashtiradi.  O’quvchilar  va  o’qituvchilar  o’rtasidagi  ijodiy  hamkorlikni  namoyish  etadi. Interfaol  usullarning  mazmunini   anglagan  o’quvchilar  dars  jarayoniga  kirishib  ketadi.  Sinfda o’tkaziladigan  har bir darsga  mavzular  yuzasidan muammoli vaziyatlarni  tashkil qilishda “Aqliy hujum”, “Zinama – zina ”, “Kubiklar ”, “Zanjir”, “Dmaloq stol”, “Fikriy hujum”, “Nomini top” didaktik  o’yinlaridan  foydalanishning  samarasi juda kattadir.

  Read the rest of this entry »